Frantsiya terma jamoasining 2 yulduzi o‘rtasida kelishmovchilik bor

  • 1 iyul, 2021, 20:03
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi Evropa chempionati nimchorak final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatganidan xabaringiz bor.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda jamoaning ikki yulduzi Antuan Grizmann va Kilian Mbappe o‘rtasida kelishmovchilik bor. "L'Équipe" nashrining xabariga ko‘ra, PSJ futbolchisi Grizmanning milliy jamoadagi o‘rniga hasad qiladi.

Mazkur ikki futbolchi o‘rtasidagi munosabatlar 2018 yilgi Jahon chempionligidan beri yaxshi darajada bo‘lmagan. Mbappe Antuandan ko‘ra, Karim Benzema bilan yaxshiroq munosabatda. Shuningdek, kelishmovchilikka Mbappedagi xudbinlik xarakteri ham sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Kilian "uch ranglilar" safida "Evro-2020"dagi barcha o‘yinlarda ishtirok etib, 2 assist qayd etgan. Grizmann ham hech qaysi uchrashuvda zaxiraga olinmagan va o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!