Frantsiyaning mundialga bormagan yulduzi jamoaga omad tiladi

  • 18.12.2022 15:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasining Jahon chempionatiga kelmagan futbolchisi Pol Pogba bugun Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tadigan final bahsida jamoasiga omad tiladi.

"Sizlar ikkinchi marta Jahon chempionati finalidasiz. Finallar o‘ynalmaydi, unda g‘alaba qozoniladi va buni siz juda yaxshi bilasiz. Barcha ezgu tilaklarimni tilab qolaman", - dedi "Yuventus" yarim himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli frantsuz jarohati sabab bu musobaqani o‘tkazib yubordi.

Argentinaga qarshi final bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Bahs "Lusail Aykonik" stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!