Fu Ming boshqargan o‘yinlarda o‘zbek jamoalari qanday natijalar qayd etgan?

  • 4 sentabr, 2019, 23:39
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Falastinga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bahsni Fu Ming boshliq xitoylik hakamlar brigadasi boshqaradi. Unga kanotlarda hamyurtlari Huo Veiming hamda Vang Detsin yordam beradi.

Tecno

Fu Ming shu vaqtga qadar o‘zbek jamoalari ishtirokidagi 6 ta uchrashuvda faoliyat olib borgan. Unda jamoalarimiz 3 ta g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.

36 yoshli referi OChL-2016 1-turi doirasida "Lokomotiv" - "Al Ahli" (BAA) bahsida ishlagan va o‘shanda "temiryo‘lchilar" 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishgan.

Xuddi shu mavsum "Bunyodkor"ning "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)ga qarshi o‘yinida ham aynan xitoylik hakamlar faoliyat olib borishgan va "qaldirg‘ochlar" ham 2:0 hisobi bilan raqibdan ustun kelishgan.

O‘tgan yilning yanvar oyida Xitoy mezbonlik qilgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichida Ravshan Haydarov boshqaruvidagi terma jamoamiz Yaponiyani 4:0 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqqan. O‘sha uchrashuvda ham Fu Ming hakamlik qilganligin qayd etish joiz.

O‘tgan mavsum "Lokomotiv" safarda "Zob Ahan"ga 0:2 hisobida engilgan bahs, joriy yilgi mavsumda esa "Paxtakor" - "Al Sadd" (2:2) va "Lokomotiv" - "Al Ittihod" (1:1) uchrashuvlari ham aynan Fu Mingga ishonib topshirilgan edi.

fu ming1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mironshox
05/09/2019 07:11
Hakam raqibga yon bosmasa Oz ishini halol bajarsa boldi.Bugun Hudo hohlasa galaba qozanamiz.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/09/2019 23:56
Shahsiy fikrim mani. Darvozaga Eldor. himoya. Tursunov Ashurmatov. Qanot Farruh. Alijonov. tayanch nuqta Hamrabekov. Ganiev. Hujim ortiga Oston. Qanotka Masharipov Rashidov. hujim Eldor. Zahira. Quvvatov. Sherzot Azamov. Umar Eshmurodov. Akrom Komilov Shuhrat Muhammadeiv. Urtaga Akmal Mazgavoy. Sobirhujaev. Siddiqov. hujim Egor Sergiev. Qanot Doston Hamdamov. Islom kenjaboev.
05/09/2019 12:19
Нима бўлса ҳам биринчи ўйинни ғалаба билан бошлайлик Омад йигитларга тилаймиз.