Futbolchi boshiga baxt qushi qo‘ndi. “Barsa” uni kutmoqda

  • 31 may, 2022, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa hujumkorligini oshirish uchun Frantsiya chempionati to‘purarlaridan biri Vissam Ben-Yedderni taklif qilmoqchi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatdi.

Aslida kataloniyaliklar bu o‘yinchini 2016-2019 yillar davomida “Sevilya”da o‘ynagan davrdan beri kuzatib keladi. “Monako” uch yil muqaddam bu futbolchi transferi uchun 40 million evro to‘lagan.

Vissam “Tuluza” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

31 yoshli hujumchining “Monako” bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Kataloniyaliklar uni olish uchun 25 million evro atrofida mablag‘ berishi kerak. Ben Yedder yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 32 ta gol va ettita assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!