"Futures Cup" turniri. Bokschilarimiz 3 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi

  • 10.03.2026 05:37
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Tailandning Bangkok shahri boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. Ikkinchi kunda 4 nafar vakilimizning janglari rejalashtirilgan edi.

-57 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda, Farzuna Ro‘zieva hindistonlik Longjam Radhamani bilan bahs olib bordi va afsuski, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan navbatdagi bahsimizda, Bekzod Ismoiljonov senegallik bokschi Sall Mouhamedni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Bobomurod Boymirzayevda ham g‘alaba. Bokschimiz -60 kg vaznda, Xitoy Taypeyi vakili Sun Jao Tingni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

-65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Ibrohim Shokirjonov xitoylik Abudujieli Kadierdingdan 5:0 hisobida ustun keldi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!