Futzal Osiyo kubogi. Yarim finalning yana bir ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi
Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlari davom etmoqda. Ushbu bosqich doirasidagi navbatdagi bellashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.
Iroq terma jamoasi Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, iroqliklar 2018 yildan beri ilk bor musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Jamoa final yo‘llanmasi uchun Eron bilan kuch sinashadi.
Fikrlar