Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida 9-bor OCh yarim finaliga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ayni kunlarda Xitoy Taypeyi mamlakatida Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur turnirning chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Hozirgina Vetnam hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda Bahodir Ahmedov shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida to‘qqizinchi bor Osiyo  chempionati yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz shu vaqtga qadar 4 bor ikkinchi o‘rin, 3 bor uchinchi o‘rin va bir bor to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!