Fyodorov futbolimizning Rossiyanikidan kuchli jihatlari, yoshlarning kamchiligi, Shomurodovning Ronalduga o‘xshash xislati kabi qiziq mavzularda gapirdi (1-qism)

  • 1 iyul, 2020, 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Fyodorov ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ulkan yutuqlarga erishgan mutaxassis. Rossiya ommaviy axborot vositalari xodimlari hamyurtimizdan faoliyati va hayoti haqida intervyu oldi.

Tecno

Sports.uz  portali e’tiboringizga ushbu intervyuni havola etmoqda.

Andrey Fyodorov ikki mamlakat – ham O‘zbekiston, ham Rossiyada hurmat qozongan inson. U “Neftchi”da to‘rt marotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, 2008 yili “Rubin” safida Rossiya chempionatida zafar quchgan. Fyodorov 1994 yilda O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabasini faoliyatidagi eng katta yutuq, deb biladi.

bbb9b52957ba5ee7a34f4b01fadec7215eb9bc08d8764994355446_1

49 yoshli mutaxassis Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini boshqarmoqda va ikki yil oldin jamoasi bilan chempion bo‘ldi.

- Kayfiyatingiz qalay?

- Keyingi paytda unchalik, ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchradik.

- Joriy mavsumda jamoangizga nima etishmayapti?

- Tarkibimiz deyarli 100 foiz o‘zgardi. Biz avvalgi uslubimizda o‘ynashga harakat qilyapmiz, hozircha o‘xshamayapti.  Eng ajablanarlisi, himoya chizig‘ida muammolar bor. Biz o‘zimizga kerakli futbolchilarni ololmadik. Kimni olishga qurbimiz etgan bo‘lsa, shularni oldik. Muammolarni bartaraf etish uchun bu kamlik qilmoqda.

- Maqsad avvalgidek birinchi o‘rinmi?

Albatta, yana bir niyatimiz chiroyli futbol namoyish qilish.

db310a29af10e89b58fd839df8cae49b

- Klub rahbariyati natijalar bo‘yicha bosim o‘tkazmayaptimi?

- Hozircha, bizni tushunishga harakat qilishyapti. Ular etakchi futbolchilarimiz ketganini biladi. Qishda to‘rt kishi, yaqinda chap qanot himoyachisi ketdi. Ularning barchasi terma jamoa o‘yinchilari edi.

Bundan tashqari, o‘yin uslubimiz murakkab – qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatishga asoslangan kombinatsion futbol.  Bizni butun jamoa bo‘lib himoyalanib, keyin qarshi hujumda gol urib yutishmoqda.

So‘nggi ikki o‘yinimizning videosini tomosha qilgan do‘stlarim “O‘yinning bir necha sekundli lavhalarini kesib tashlasang, nega yutqazganingni bilib bo‘lmaydi”, - deyishdi.

- O‘zbekistonda ishlash qanday?

- Qiziqarli. Men bu erda Osiyo chempionlar ligasida kuchimni sinab ko‘rish uchun ham ishlayapman. O‘tgan yili guruh bahslarida o‘ynadik. Tajriba oldik. Hozir O‘zbekistonda voyaga etayotgan yoshlar umuman boshqa ekanini tushundim. Nafaqat bu erda, balki Rossiyada va butun dunyoda ham yoshlar shunaqa.

- O‘zbek futboli Rossiyanikidan nimasi bilan farq qiladi?

- Bu erda texnika kuchli. Undan ham muhimrog‘ini aytaman: O‘zbekistonda 16 yoshdan 20 yoshgacha futbolchilar orasida iste’dod egalari juda ko‘p. Aniqki, Rossiyadan ko‘p. Lekin bu erda ularning kattalar futboliga o‘tish tizimi ishlab chiqilmagan. Ko‘p bolalar ikkinchi tarkibga qo‘shilishi bilan o‘sishdan to‘xtaydi. Ularning qo‘li pul ko‘rishi, sharoitlari yaxshilanishi bilan o‘sishga intilishi yo‘qoladi. Rossiyada esa texnikasi va mahorati sustroq bo‘lsa ham, uzoqroqqa borishadi.

m4_26

- O‘zbek yoshlari qaysi chempionatlarda o‘ynashni orzu qiladi?

- Ularku orzu qilaveradi, lekin uni ro‘yobga chiqarish uchun jon koyitmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik Rossiyada o‘ynashni istaydi. Buning uchun kamida rus tilini bilish kerak, hozirgi avlod orasida bunaqalari juda kam.

- O‘zbekistonda futbolchilar o‘rtacha qancha topadi?

- Oyiga 500 dan 1000 dollargacha. Kimlardir ikki ming topadi, lekin bunaqalar juda kam.

- Siz jamoa bilan ruscha gaplashasizmi?

- Ha, lekin ko‘pi tushunmaydi. Alohida suhbatlashganimda yoshi kattaroq futbolchilardan tarjimon sifatida foydalanaman. Mening murabbiylar shtabimda hech kim o‘zbekcha gapirolmaydi.

- Sizchi?

- Men oddiy narsalarni o‘zbekcha tushuntiraman.

- O‘zbekiston chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan rossiyalik futbolchi kim?

Keyingi paytda ularning soni kamayib ketgan. Bizda Kirill Pogrebnyak o‘ynayapti. Pavel Pogrebnyakning kenja ukasi.

14288681

- Rossiyadagi eng zo‘r o‘zbek futbolchisi kim?

- Aniq  Eldor Shomurodov.

- Uni boshqalardan farqi nimada?

- U mehnatkash. Xuddi Krishtianu Ronaldu singari. Men o‘z vaqtida amakisi bilan o‘ynaganman. U ham mehnatkash edi. Bu ularning qonida bor shekilli. Nazarimda, Karpin uni hujum markaziga qo‘yib, undan to‘g‘ri foydalanish yo‘lini topdi. O‘zbekistonda u klublarda ham, termada ham qanotdan hujum qilardi.

1583486602_shomurodov-eldor-680x454-2

Eldorda aqlbovar qilmas texnika yo‘q, lekin harakat va gol sezish qobiliyati kuchli. Eng asosiysi, u mehnatkash va o‘rganishga ishtiyoqi baland. Mana shu fazilatlar hozirgi o‘zbekistonlik yosh futbolchilarning ko‘piga etishmaydi.

                                                                                                                                 davomi bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!