G‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Olimpik" yoshlari "Bobur Arena"dagi bosimga dosh bera olisharmikin?

  • 21 avgust, 2023, 07:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

21 avgust sanasidan o‘rin olgan “Andijon” – “Oimpik” o‘rtasidagi o‘yin bilan Superliganing 17-turi qisman yakunlanadi. Boisi, yana ikkita uchrashuv 26 avgust kuniga qoldirilgan. Ungacha 5 ta juftlik bellashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan va ulardan oxirgisi “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tadi.

Tecno

16 ta o‘yindan so‘ng “Andijon”ning hisobida 6 g‘alaba, 3 durang va 7 mag‘lubiyat bor. To‘plar nisbati 16\15 va ochkolari 21 taga etgan holda musobaqa jadvalida 8-pog‘onaga joylashishgan. “Olimpik”da esa 16 uchrashuvdan so‘ng 4 g‘alaba, 5 durang va 7 mag‘lubiyat mavjud. To‘plar nisbati 16\22. “Olimpik” 17 ochko bilan 10-o‘rinda.

O‘tgan turda ikkala jamoa bir xil natija ko‘rsatdi. “Andijon” Toshkentda “Bunyodkor”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. “Olimpik” ham xuddi shu hisobda OKMKga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu jamoalar hozir g‘alaba ishtiyoqida “yonishyapti”. Sababi shundaki, “Andijon” ham, “Olimpik” ham hali ikkinchi davra boshlanganidan buyon g‘alaba qozona olgani yo‘q. Masalan, andijonliklar 2 ta durang 1 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, “Olimpik”da 2 ta mag‘lubiyat va 1 durang bor. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, hech bir jamoaning yutqazishga haqqi yo‘q.

olm and1

Sezayotgan bo‘lsangiz, hozircha “Olimpik”ni o‘tgan yilgidek natija ko‘rsatishi biroz qiyin kechyapti. Timur Kapadze jamoasi chempionatda oxirgi g‘alabasini qachon qo‘lga kiritgan? Bu 12 may kuni yuz bergan. O‘shanda Superliganing 10-turi doirasida “Olimpik” Navoiyda “Qizilqum”ni yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan beri Kapadze jamoasi 2 durang va 4 mag‘lubiyatga uchradi. Ko‘rinib turibdiki, jamoaga barqarorlik etishmayapti. Birinchi davradan keyin Kapadze tarkibni sezilarli ravishda o‘zgartirdi. Boshqa klublardan yanada yoshroq yigitlar jalb qilindi. Ammo, hozircha “Olimpik”ning g‘alabasiz seriyasi davom etayotgani ayni haqiqat.

Kapadze jamoasini Andijonda oson bo‘lmagan uchrashuv kutayotgani ham rost. Ayniqsa, “Bobur Arena”da ashaddiy muxlislar qarshisida “Olimpik”ning yosh futbolchilari qanday bardosh berarkin? Chunki “Andijon” maydonida har qanday raqibga bosim bo‘lishi turgan gap. Buning ustiga yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, andijonliklar ham ikkinchi davrada hali g‘alaba qozongani yo‘q va bu safar o‘z maydonida yutmasa bo‘lmaydigan darajada.    

olm and2

“Andijon” – “Olimpik” qarama-qarshiligining tarixi boshlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Aniqrog‘i, ilk to‘qnashuv shu yilning 3 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. O‘shanda birinchi davra o‘yinidagi bellashuvda andijonliklar safarda Ildar Mamatkazinning yagona goli evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan.

21 avgust kungi bellashuv jamoalarning chempionatdagi o‘zaro ikkinchi o‘yiniga aylanadi. Shuningdek, shu yilning 20 aprel sanasida “Andijon” va “Olimpik” Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida ham to‘qnash kelishdi va unda darvozalar daxlsiz qolgan – 0:0.

Xullas, bugungi o‘yin barchaning e’tiborida!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!