Gandbolchilarimiz Hindistonda porlayapti...

CHERY AUTO

Hindistonning Lakxnau shahrida gandbol bo‘yicha o‘tayotgan U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasidagi Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qit’asi bosqichi ikkinchi kungi bahslari mamlakatimiz jamoalari uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Tecno

Musobaqaning Qozog‘iston U-18 va O‘zbekiston U-18 o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yinda o‘zbekistonlik yosh gandbol ustalari birinchi bo‘limda 19:14, umumiy holatda 43:34 hisobida g‘alabaga erishdi.

Aytish lozimki, ushbu jamoalar o‘tgan yili Qozog‘istonning Olmaota shahrida  IHF kubogining III Osiyo mintaqasi bosqichining finalida ham kuch sinashgandi. O‘shanda hamyurtlarimiz 50:41 ko‘rinishida g‘alabani tantana qilgan.

Ikkinchi kungi musobaqalarda O‘zbekiston U-20 yoshlar jamoasi ham raqiblaridan ustun ekanini namoyish etdi. 

Bangladesh vakillarini birinchi bo‘limda 15:3, umumiy hisobda 37:12 holatida dog‘da qoldirgan gandbolchilarimiz Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogida ishtirok etish sari muhim qadamni tashladi.   

Bugun, 5 yanvar kuni O‘zbekiston U-20 jamoasi qozog‘istonliklar bilan ro‘baro‘ keladi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu jamoalar 2024 yilning iyun oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan  IHF kubogi III Osiyo mintaqasi bosqichida kuch sinashib,  vakillarimiz 38:34 hisobida g‘alabaga erishgandi.

Bugun shuningdek, O‘zbekiston U-18 o‘smirlar jamoasi bangladeshlik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga 6 yanvar kuni yarim final o‘yinlari, 7 yanvar kuni esa 3-o‘rin va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!