Balotelli janjal ko‘tardi va “Breshiya”dan pul talab qilmoqda

  • 5 iyun, 2020, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Og‘ir xarakterga ega Mario Balotellining “Breshiya” rahbariyati bilan munosabatlari butunlay buzildi.

Tecno

Ketma-ket mashg‘ulotlarni besabab o‘tkazib yuborayotgan Marioni klub prezidenti Massimo Chellino tartib-intizom qoidalariga asoslanib, jamoadan haydamoqchi.

Balotelli esa o‘z yuristlari orqali shartnoma bir tomonlama bekor qilinayotgani bois “Breshiya” xo‘jayinlaridan kompensatsiya talab qilmoqda. Uning hozirgi shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan.

Joriy mavsumda 19 ta o‘yinda beshta gol urgan Mario Balotelli jamoa rahbariyati bilan chiqisholmayapti. U belgilangan tartib-qoibalarga amal qilmay kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!