Garayni Italiyada kutishmoqda
"Inter" va "Roma" klublari argentinalik himoyachi Esekel Garayni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Super Deporte nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, 33 yoshli futbolchining “Valensiya” bilan shartnomasi o‘z yakuniga etgan va u ayni damda erkin agent hisoblanadi.
Bundan avvalroq esa Garayga "Atletiko" va "Benfika" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Garay faoliyati davomida "Nyuellz Old Boyz", "Rasing", "Real", "Benfika" va "Zenit" klublarida o‘ynagan. Argentina terma jamoasi safida esa 32 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar