Gattuzo afsusda!
"Napoli" ustozi Jennaro Gattuzo Evropa ligasining 5-turida AZga (1:1) qarshi kechgan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz uchrashuv natijasini o‘z foydamizga hal etishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik va yakunda omadimiz kelib, hech bo‘lmasa bir ochko oldik. Bellashuvda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik, to‘p nazoratini ham raqibga topshirib qo‘ydik. Har ikki jamoada ham imkoniyatlar yuzaga keldi, yutqazib qo‘yishimiz ham hech gap emas edi.
Endi barchasi so‘nggi turda hal bo‘ladi. Afsuski, shunday bo‘lmoqda. Biz pley-off masalasini bugunoq hal qilishimiz mumkin edi, bunga yaqin kelgandik, ammo yakun unday bo‘lmadi," - dedi Gattuzo.
Fikrlar