Gattuzo Italiya terma jamoasini tark etadi

  • 02.04.2026 13:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoani tark etadi. Bu haqida mashhur insayder Fabrizio Romano xabar berdi. Qaror jamoaning 2026 yildagi jahon chempionatiga yo‘llanma ola olmaganidan keyin qabul qilindi.

Seshanba kuni jamoa Bosniya va Gertsegovinaga qarshi pley-off finalida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa raqib 4:1 hisobida ustun kelib, Italiyaning mundial yo‘llanmasidan mahrum qildi. Shu tariqa italyaliklar ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Gattuzo Italiya terma jamoasini 2025 yil iyun oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil iyuliga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatsiz natijadan keyin tomonlar hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!