Gattuzo prezident bilan gaplashmoqchi
“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Il Mattino nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomani imzolashga kelishib olgan. Gattuzo bundan oldin klub prezidenti Aurelio de Laurentis bilan yana bir bor uchrashib, “Napoli”ning kelajakdagi rejalari va maqsadlari haqida gaplashib olmoqchi.
Jennaro Gattuzo “Napoli”ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jamoa uning boshqaruvida jami 50 ta o‘yinda 29 ta g‘alaba, 7 ta durang va 14 ta mag‘lubiyat qayd etdi. “Napoli” hozir A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar