Gattuzo tez orada A Seriya grandlaridan birining bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

  • 13 noyabr, 2019, 19:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga “Milan”ning sobiq ustozi Jennaro Gattuzoni taklif qilmoqchi.

Tecno

Sport Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis 41 yoshli italiyalik mutaxassisning professionalligi va jiddiyligini yuqori baholaydi.

Ta’kidlash kerakki, Gattuzo "Napoli"ni noyabr oyi oxirlariga borib o‘z boshqaruviga olishi mumkin. Gap shundaki, agar neapolliklar oldindagi "Milan" va "Liverpul"ga qarshi bahslarda muvaffaqiyatga erisha olishmasa, Karlo Anchelotti bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, “Napoli” ayni damda A Seriyada 12 ta turdan so‘ng 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!