Gattuzo yangi mavsumda "Napoli"ni boshqarmasligi mumkin

  • 22.12.2020 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Napoli" rahbariyati hamon bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, neapolliklar 42 yoshli mutaxassis bilan shartnoma bandlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmayapti. Gattuzoning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yangi mavsumda jamoani boshqarmasligi mumkin.

Gattuzo "Napoli"ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum Italiya kubogini qo‘lga kiritdi. U bundan avval "Son", "Palermo", OFI, "Piza" va "Milan" klublarida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!