Gattuzo yozda "Napoli"dan ketadi!

  • 01.02.2021 20:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum yakunlangach Jennaro Gattuzo “Napoli” bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, A Seriya musobaqa jadvalidagi holat fonida murabbiyning Neapoldagi obro‘si tushib bormoqda. “Napoli” ayni damda peshqadam “Milan”dan 9 ochko kam jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Oldinroq, "Napoli" Gattuzo va uning murabbiylar shtabiga ishonch bildirishda davom etishi haqidagi bayonotini e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, bosh murabbiy va klub prezidenti Aurelio de Laurentis o‘rtasidagi munosabatlar hanuzgacha yaxshi emas, deb xabar bermoqda manba.

Jennaro Gattuzo 2019 yildan buyon “Napoli”ni boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!