
"Gelaksi" Ibragimovich bilan bitimni uzaytirmoqchi
"Los-Anjeles Geleksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoada qolishi mumkin.
Shvetsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2019 yilning oxiriga qadar amal qiladi. "Gelaksi" klubi futbolchi bilan bitimni yana 1 yilga uzaytirishni istamoqda va buning ustida ish olib bormoqda.
38 yoshli forvard taxminan 1 oy vaqt mobaynida o‘ylab olishi mumkin.
Avvalroq, Ibragimovich "Milan"ga qaytishi mumkinligi borasida xabarlar chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan MLSning amaldagi mavsumida 31 ta uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urdi va yana 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar