Germaniya, Niderlandiya va Rossiya kutilganidek g‘alaba qozondi

  • 9 oktabr, 2021, 01:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" saralash bosqiyai Evropa mintaqasidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. 

Germaniya - Ruminiya bahsi kutilmagan tarzda boshlandi. 9-daqiqada Xaji mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 52-daqiqada Gnabri muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 81-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Myuller gol urdi va nemislar ushbu uchrashuvda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. 



Latviya maydoniga safar qilgan "uchar gollandlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 19-daqiqada Depayning uzatmasidan so‘ng, Klassen gol urdi va bu gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. 



Shuningdek, Rossiya - Slovakiya uchrashuvida ham minimal hisob qayd etildi. Slovakiyalik himoyachi Shkrinyar 24-daqiqada avtogol muallifiga aylandi. Shunday qilib, ruslar o‘z maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 





Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!