Germaniya JCh-2018ni boykot qilmaydi
Germaniya futbol ittifoqi joriy yilning yozida Rossiya yashil maydonlari mezbonligida o‘tadigan mundialni boykot qilishga qarshiligini bildirdi. Bu haqda tashkilot raisi Raynxard Grindel aytib o‘tdi.
“Biz xech narsani o‘zgartirmaydigan boykotga qo‘shilmaymiz. Yaqindagina Janubiy Koreyada o‘tkazilgan qishki olimpiada o‘yinlari nizolarni kamaytirish va insonlarni birlashtirish mumkinligini ko‘rsatdiki”, - deydi Grindel Bild nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Angliya terma jamoasi JCh-2018ni boykot qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, JCh-2018 bahslari shu yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiya federatsiyasining 11ta shahridagi 12ta stadionda o‘tkaziladi.



Fikrlar