
Getjining ishtahasi karnay: Oldin Xabibni kaltaklab, keyin Konorga o‘taman
UFC muvaqqat chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Jastin Getjining o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortib ketdi. U kelajak rejalari haqida gapirdi.
- Hozir yagona istagim Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish. Men bunga loyiqligimni isbotladim. Bu men uchun ayni paytda eng muhim jang. Xabibni kaltaklaganimdan keyin Konor MakGregor bilan mushtlashaman. Undan pul ishlab olmoqchiman, - dedi Getji.
Jastin Getji “UFC 249” turnirida Toni Fergyusonni nokautga uchratib, shov-shuv ko‘targan edi.
Fikrlar