
Geynrix bir yildan buyon ilk bor 90 daqiqa o‘ynadi
Hozirgina Qozog‘iston Premer-Ligasi 32-turdan o‘rin olgan bahslar yakuniga etdi. Hamyurtimiz Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” jamoasi safarda “Aktobe” klubi mehmoni bo‘ldi.
Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynagan o‘yinda uning jamoasi 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Geynrix bu mavsum birorta o‘yinni to‘liq o‘tkazmagan edi.
Shavkat Salomovning “Atirau” klubi esa o‘z maydonida “Taraz”ni mehmon qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Salomov o‘yinni asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Qozog‘iston Premer-Ligasi. 32-tur
“Aktobe” – “Ordabasi” 2:0
“Atirau” – “Taraz” 3:2.
Fikrlar