"G‘ijduvon" 8 nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi. Ularning orasida kimlar bor?
Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasi ham yozgi yig‘inini o‘tkazyapti va shu bilan birga selektsiyada ham faollik ko‘rsatmoqda, deyish mumkin.
Xabaringiz bo‘lsa, yaqinda “G‘ijduvon”ga Gennadiy Kochnev bosh murabbiy etib tayilandi. Ushbu mutaxassis selektsiya mobaynida bir qator o‘yinchilarni o‘z jamoasiga jalb qila oldi.
Masalan, “Buxoro”dan himoyachi Bobur Omonov “G‘ijduvon”ga ko‘chib o‘tdi. O‘z omadini sinab ko‘rish uchun Tayvan chempionatiga ketib, u erdan tez fursatda qaytgan himoyachi Ahror O‘ktamov aynan “G‘ijduvon” klubidan qo‘nim topdi. “Sho‘rtan”dan hujumchi Davron Isoqov ham ushbu klub safiga qo‘shildi. Umuman olganda, 8 nafar yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar tuzildi.


Fikrlar