Glasner: "Matetada noyabrdan beri tizza muammosi bor edi"

  • 06.02.2026 09:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Kristal Pэlas" bosh murabbiyi Oliver Glasner hujumchi Jan-Filipp Matetaning "Milan"ga o‘tmay qolgani haqida fikr bildirdi.

Qishki transfer oynasi yopilishi arafasida italyalik klub fransuz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Kelishuv deyarli amalga oshgan, ammo "rossoneriliklar" tibbiy ko‘rik natijasidan so‘ng transferdan voz kechishga majbur bo‘lgan.

"Mateta noyabr oyidan beri tizzasi bilan bog‘liq muammolarni his qilayotgan edi. U o‘ynashni davom ettirishni istadi va biz buni tashkil etdik. U bizga ketishni xohlayotganini aytdi, ammo "Milan" vaziyatni baholab, uni imzolamaslikka qaror qildi. Hozirgi holatdan kelib chiqib, eng maqbul yechimni topishga harakat qilamiz", — dedi Glasner. Uning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltirgan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Jan-Filipp Matetaning transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!