
Gleb qozoq klubi bilan kelisha olmadi
Beloruslik mashhur futbolchi Aleksandr Gleb qo‘shni Qozog‘istonning “Qayrat” klubi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, futbolchining agenti Evgeniy Gaydukning xabar berishicha 36 yoshli futbolchi qozoq klubi bilan kelisha olmagan.
“Gleb “Qayrat”ga o‘tmaydi, chunki tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olishmadi. Endi Aleksandr boshqa takliflarni ko‘rib chiqadi”, - deydi agent.
Fikrlar