
Gnabri Germaniya terma jamoasida 2012 yildan buyon hech kim qilmagan ishni bajardi
Ayni daqiqalarda Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuvda nemislar futbolchisi Serj Gnabri gol urishga erishdi.
Shunday qilib, 24 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasida 2012 yildan buyon ketma-ket 4 ta uchrashuvda gol urgan ilk o‘yinchiga aylandi. "Bavariya" futbolchisi bungacha, Estoniya, Gollandiya va Shimoliy Irlandiya terma jamoalariga gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi bor Germaniya terma jamoasi safida ketma-ket 4 ta bahsda gol urishni Mesut O‘zil uddasidan chiqqan edi.
Fikrlar