Gollandiya terma jamoasini kim boshqarishi aniq bo‘ldi
Gollandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Frank de Bur bo‘ladi. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 50 yoshli mutaxassis Gollandiya Qirolligi futbol ittifoqi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi. De Bur ushbu lavozimda “Barselona”ga o‘tib ketgan Ronald Kumanning o‘rnini egallaydi.
De Bur faoliyati davomida "Ayaks", "Inter", "Kristal Pelas" va "Atlanta Yunayted" klublarini boshqargan.
Fikrlar