Grand klub Mbappe transferidan voz kechdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferidan voz kechdi. Bu haqda "Goal" nashri xabar tarqatdi. 

Mersisaydliklar frantsuzni xarid qilishga uringan, biroq iqtisodiy sabablarga ko‘ra bu g‘oyadan voz kechdi. Mbappe uchun asosiy da’vogar "Real" bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Kilianning parijliklar bilan amaldagi bitimi yozda yakuniga etadi. Futbolchi "Park de Prens"ni erkin agent maqomida tark etishi kutilyapti. 

Joriy mavsum forvard barcha musobaqalarda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urdi va 16ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!