"Grand Slam Tbilisi". So‘nggi kun bahslarida qo‘lga kiritilgan 2 ta medal bilan musobaqani umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladik

  • 29 mart, 2021, 00:41
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 26-28 mart sanalarida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator hamyurtlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma taqdim etuvchi qimmatli reyting ballari uchun tatamiga chiqdi. 

So‘nggi kun davomida og‘ir vaznli sportchilar bahs olib bordi va terma jamoamiz hisobi 2 ta bronza medal bilan boyidi. 

Musoboqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonovni bronza medali uchun kechgan bahsda Isroil vakili Kochman Lini mag‘lubuyatga uchratdi va Tbilisi "Katta dubulg‘a" turniri bronza medali sohibiga aylandi.

-100 kg vazn toifasidagi birinchi bronza medali O‘zbekiston terma jamoasi a’zosiga nasib etdi.

Dzyudochimiz Muzaffarbek To‘raboev bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Niyaz Bilalovni qo‘shimcha bo‘limda qo‘lga kiritilgan vazari bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va bronza medali sohibiga aylandi.

Shu tariqa, musobaqa yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni band etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!