Grandlar talashayotgan oʻyinchi hammaning hafsalasini pir qildi
Bundesliganing kuchli klublaridan hisoblangan Dortmundning “Borussiya” jamoasi rasmiy saytida yarim himoyachi Feliks Nmecha bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.
Yangi mehnat shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha amal qilishi belgilandi.
Feliks Nmecha 2023 yilning yozida “Volfsburg”dan “Borussiya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri u 108 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Nmecha keyingi paytda Evropaning bir qator yetakchi klublari nishonida turgan edi. Buni inobatga olgan dortmundliklar o‘yinchini maoshni sezilarli oshirgan holda klubda olib qolishni rejalashtirib yurgandi.
Nihoyat, tomonlar bir to‘xtamta keldi va 25 yoshli germaniyalik futbolchi Dortmundda qoladigan bo‘ldi.
Nmecha aslida “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2021 yili “shaharliklar” asosiy tarkibiga kiritilmaganidan keyin erkin agent maqomida “Volfsburg” jamoasiga qo‘shilgandi.
Fikrlar