Grandlar talashayotgan yulduz APLdan tushib ketishiga bir bahya qolgan jamoani tanladi

  • 11.06.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik himoyachi Markos Senesi yaqin vaqt ichida “Tottenxem Xotspur” safiga qo‘shiladi. Yakunlangan mavsumda Angliya Premier-ligasidagi joyini bazo‘r saqlab qolgan londonliklar yozda tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirmoqchi.

Bu haqida jurnalist va insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Senesi London klubiga erkin agent sifatida o‘tmoqda.

Tomonlar to‘rt mavsumga mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Futbolchi mart oyidayoq “shporlar” bilan hamkorlik shartlarini kelishib olgan.

Senesi faoliyatini “Feyenoord” klubida boshlagan. U 2022 yilda 15 million yevro evaziga “Bornmut”ga o‘tgan.

Argentinalik himoyachi “Bornmut” safida 128 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!