Grizmann: "Atletiko"ni yaxshi ko‘raman
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Antuan Grizmann o‘z jamoasini yaxshi ko‘rishini aytdi.
“Men “Atletiko”ni yaxshi ko‘raman, jamoadoshlarimni va murabbiyimni ham”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” yozda Grizmanni sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rishi haqida xabarlar tarqalgan edi. U “matraschilar” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar