Grizmann: Messiga yo‘q deya olmayman
"Atletiko" Madrid klubi forvardi Antuan Grizmann katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda 28 yoshli frantsiyalik futbolchi ushbu masala yuzasidan "ko‘k-anor ranglilar" sardori Lionel Messi bilan gaplashgan. Hozircha ular o‘rtasidagi suhbatda nimalar gapirilgani ma’lum emas. Ammo, Grizmann ushbu suhbatdan so‘ng “Atletiko” rahbariyatiga “Messiga yo‘q deya olmayman” deb aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Grizmann uchun shuningdek PSJ, “Bavariya” va “Manchester Siti” kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.

Fikrlar