Grizmann o‘z agentini ishdan oldi

Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann o‘z agenti Erik Olas bilan o‘zaro hamkorlikni bekor qildi.

“Men “Real Sosedat”dagi skautligimni davom ettiraman. Menga ishonch bildirgani uchun Grizmannga rahmat. Uning keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, – deb aytib o‘tdi Olas.

Ilgariroq, Grizmann  “Atletiko” FIFA tomonidan ta’qiqqa uchraganidan so‘ng, “Manchester Yunayted”ga o‘tmaslikka qaror qilgan va “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!