Grizmanning "Barselona"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

  • 29 iyun, 2019, 18:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann bilan shaxsiy shartnoma bandlarini kelishib oldi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra frantsiyalik futbol yulduzi kataloniyaliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 16,7 mln evro maosh oladi. Qayd etish lozimki, uning “matraschilar” safidagi yillik maoshi 20 mln evroni tashkil etar edi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni Grizmanning tovon puli 200 dan 120 mln evroga tushadi. Ana shundan so‘ng “Barselona” uning transferini rasmiylashtirishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf FC
29/06/2019 21:03
Tezroq utaqol