Grizmanning "Barselona"dagi shaxsiy shartnoma bandlari ma’lum bo‘ldi
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann katta ehtimol bilan faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli frantsuz kataloniyaliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolaydi va ushbu davr mobaynida jami 105 million evro maosh oladi. Aniqrog‘i, u dastlabki ikki mavsumda yiliga 18 million evrodan oladi, uchinchi mavsum 21 million, to‘rtinchi mavsum 23 million va beshinchi mavsum 25 million evro maosh oladi. O‘rtacha hisobda esa u yiliga 21 mln evro maosh oladi. Ta’kidlash kerakki, Grizmanning “matraschilar” safidagi maoshi ham ayni mana shunchani tashkil etadi.



Fikrlar