Grizmanning orzusi nima?
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchi Antuan Grizmann “ko‘k-anor ranglilar” bilan La Ligada g‘olib chiqmoqchi.
“Hamma Chempionlar ligasidagi g‘oliblik haqida gapiradi, lekin mening orzuim boshqa. Men La Ligada uzoq yillardan buyon to‘p surib kelyapman, ammo biror marta ham Ispaniya chempioni bo‘lmadim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni 120 mln evro evaziga “Atletiko”dan sotib oldi.



Fikrlar