Grozniydagi turnirda ishtirok etuvchi bokschilarimiz bilan tanishing!
14-18 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasi, Checheniston Respublikasi, Grozniy shahrida Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadilar. Bugun turnirda qatnashadigan vakillarimiz Grozniyga jo‘nab ketishdi. Terma jamoamiz Chechenistonga quyidagi tarkibda yo‘l oldi:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Dilshod Abduvaliev
-57 kg: Samandar Xolmurodov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev
-63,5 kg: G‘ofur Tohirov
-67 kg: Baxtiyor G‘ofurov
-71 kg: Kamron Turg‘unboev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev
-80 kg: Jasurbek Yuldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
Murabbiylar: Ilyas Raximjanov, Sherzod Eshkuvatov, Akmal Hasanov.
Sodiqjon Xidirov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar