"Guliston" futbolchisi: "Raqib jamoa "avtobus" qo‘yib oldi"
"Guliston" futbol klubi O‘zbekiston kubogi saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ushbu jamoa saralashdagi uchta o‘yinda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.
"Azur"ga qarshi so‘nggi bahsda "Guliston" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin "Guliston" jamoasi yetakchi futbolchilaridan biri Shahzodbek G‘ofurbekov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
- "Azur" bilan bahsdan keyingi taassurotlar qanday?
- Raqib jamoa o‘yin boshidan to oxirigacha himoyaga e’tibor qaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, "avtobus" qo‘yib olishdi. To‘liq himoyaviy o‘yinni tanlaydigan jamoalarga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. Odatda birgina gol o‘yinning taqdirini hal qiladi. Biz esa mana shuni uddasidan chiqdik.
- Saralash bahslarida uchta o‘yinda ishtirok etdingizlar. Sizningcha, qaysi bahs qiyin kechdi?
- Menimcha, "Sonyc X"ga qarshi eng qiyin bahsni o‘tkazdik. Odatda ilk rasmiy bahs har doim qiyin bo‘lgan. Raqib media jamoa bo‘lishiga qaramay, yaxshi kurashdi. Qiziq va biroz qiyin bahs bo‘ldi, deb ayta olaman.
- Kubok guruh bosqichida qaysi jamoalarga qarshi bahslashishni istardingiz?
- "Neftchi", "Paxtakor" va "G‘azalkent".
Fikrlar