Guti «Barselona»ga qarshi oʻyinda «Real» foydasiga hakamlik xatosi boʻlganini aytdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Real Madrid» navbatdagi klassikoda «Barselona»ni mag‘lub etdi, bahsli fol va VAR qarori futbol jamoatchiligida norozilik uyg‘otdi.
«Real» «Barselona»ni mag‘lub etib, raqibi bilan ochkolar farqini qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda bahsli vaziyat yuzaga keldi. «Barselona» himoyachisi Joau Kanselu orqadan «Real» vingeri Yan Diomande oyog‘ini bosib oldi.
Futbolchi bir muddat maydonni tark etishiga to‘g‘ri keldi. Biroq Kanselu ogohlantirish olmadi, VAR hakamlari esa ushbu epizodga e’tibor qaratmadi. «Real»ning sobiq futbolchisi Guti mazkur vaziyatga o‘z bahosini berdi.
«“Barselona” maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishi kerak edi. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka», — dedi Guti DAZN efirida.

Izohlar (0)