Gvardiola Angliyadagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi

  • 27.04.2024 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida eng zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchi kimligini aytdi.

- Men Angliya Premer-ligasining eng zo‘r o‘yinchisi, deb Fil Fodenni e’tirof etaman. Maydonning raqib tomonidagi qismida bu futbolchining ta’siri juda kuchli. U to‘g‘ri qaror qabul qila oladi va gol urishni ham yaxshi uddalamoqda.

Qolaversa, Foden chempionatda g‘olib chiqishni boshqalardan ko‘proq istamoqda va mana shu intilish ko‘p narsadan dalolat beradi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fil Foden mavsumda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. Hujumkor futbolchi barcha turnirlarda 48 marotaba maydonga tushib, 24 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!