
Gvardiola Artetaning “Arsenal”ga o‘tgani haqida: Men hech kimga “men bilan qoling” degan odam emasman
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdi Mikel Artetaning “Arsenal”ga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi.
“U qadrdon jamoasiga o‘tdi, buni bilaman. O‘zining orzusidagi jamoaga.
U bu jamoa muxlisi. U u erda sardor bo‘lgan. U bu klubni yaxshi ko‘radi. Biz “Manchester Siti”da ishlagan paytlarimizda gol bo‘lgan payt u juda ko‘p marta o‘rnidan sakrab turdi, faqat bitta jamoaga gol urganimizdan tashqari. Bu jamoa "Arsenal" edi.
Buni futbolchilarim va xodimlarimga bir necha bor aytganman. Agar biror jamoa unga bosh murabbiylikni taklif qilsa, biz uning ketishini bilardik. Men faoliyatim davomida hech kimga “men bilan qoling” degan odam emasman. Hammaning o‘ziga yarasha orzulari bor. Odamlar nimani eng yaxshi deb bilsa, albatta buni qilishlari kerak”, - dedi “Manchester Siti” bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, bugun “Manchester Siti” o‘z maydonida Angliya kubogining 4-raundi doirasida “Arsenal”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar