Gvardiola: Bu poezd hayotda bir marta keladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z vaqtida "Bavariya"ni boshqarganidan afsuslanmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis Myunxen klubini 2013 yildan 2016 yilgacha boshqargan va 3 marta Bundesligada, 2 marta Germaniya kubogida, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
“Tuxelning tayinlanishi ham, Nagelsmanning ishdan bo‘shatilishi ham meni hayratda qoldirdi. Men aslida nima deb o‘ylayotganimni ayta olmayman. Bir murabbiy ishdan bo‘shatilsa, o‘rniga kelgan murabbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlasa, odamlar to‘g‘ri qaror qabul qilindi, deyishadi. Aks holda ular sobiq murabbiyini sog‘inib qolishadi.
Ikkala murabbiy ham ijodkor. Nagelsmanga qarshi qiyin bo‘lardi, Tuxelga qarshi ham qiyin bo‘ladi.
"Bavariya" chaqirganda, albatta ketish kerak. Bu poezd hayotda bir marta keladi. "Bavariya"dagi faoliyatimdan va bu klub oilamga qanday g‘amxo‘rlik qilganidan bir soniya ham afsuslanmayman.
"Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tganimda, bu erda bunchalik uzoq ishlashimni o‘ylamagandim. Lekin odatda rejalaringiz amalga oshmaydi”, - dedi "shaharliklar" bosh murabbiyi.
Bugun, 11 aprel kuni UEFA Chempionlar ligasining chorak finali doirasida “Bavariya” va “Manchester Siti” o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar