
Gvardiola: "Bu qarama-qarshilik derbiga aylanib ketmoqda"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichida "Real Madrid" bilan kuch sinashishini bilgandan so‘ng ushbu to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bu allaqachon derbiga o‘xshab ketmoqda, biz ketma-ket to‘rtinchi yil uchrashamiz. Ular har doim bizga muammo tug‘dira olgan. Shu sababli, bu yil ham biz uchun qiyin bo‘lishi tabiiy.
Shuni ham ta’kidlashim kerak, o‘yingacha hali 2 hafta bor. Albatta, ko‘p futbolchilarimiz safga qaytgan bo‘lishadi. Nimadir qila olishimizga esa aminman, chunki o‘yinchilarim o‘ziga xos" - dedi italiyalik mutaxassis
Ma’lumot o‘rnida, mazkur ikki klub o‘rtasidagi bellashuv 11 va 18 - fevral kunlari mahalliy vaqt bilan 01:00 da start oladi.
Fikrlar