Gvardiola "Byornli" ustidan qozonilgan yirik g‘alabani izohladi

  • 27.09.2025 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasi 6-turida "Byornli"ga qarshi o‘yin (5:1) haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Faqat 10–15 daqiqa tempni pasaytirdik, xolos. Qolgan vaqtlarda esa barchasi a’lo bo‘ldi. "Byornli" boshqa o‘yinlarda ko‘p gol farqi bilan yutqazmagan, biz esa ular darvozasiga beshta to‘p kiritdik.

Ikkinchi bo‘lim birinchi daqiqadan boshlab boshqacha kechdi. Biz bundan juda mamnunmiz. Premer-liga har doim qiyin, "Yunayted"ga qarshi bahsdan keyin kayfiyatimiz ancha yaxshilandi. Agar yaxshi o‘ynamasak ham, butun jamoa bo‘lib himoyalanamiz. Jamoaviylik ajoyib darajada.

Uoker juda yaxshi o‘ynadi, eng yaxshi formadagi Jeremi Dokuni to‘xtatish oson emas", – deya javob berib o‘tdi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!