Gvardiola chempionlik to‘qnashuvidan oldin Husanovni tilga oldi
19 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da “Etihad” stadionida “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘zaro to‘qnash keladi. Bu bahs Premyer-liganing joriy mavsumidagi eng muhim uchrashuv bo‘lib bevosita chempionlik kurashiga ta’sir o‘tkazadi.
Agar uchrashuvda “Manchester Siti” g‘olib chiqsa, musobaqa peshqadami “Arsenal”ga ochkolar hisobida yetib olish imkoniga ega bo‘ladi. Bashda “kanonirlar” ochko olsa, Xosep Gvardiola ta’kidlaganidek, chempionlik poygasi tugaydi.
“Manchester Siti”matbuot xizmati ana shunday muhim uchrashuv oldidan Xosep Gvardiolaning fikr-mulohazalarini e’lon qildi.
Jamoasi so‘nggi haftalarda “Liverpul” va “Chelsi”ni yirik hisobda mag‘lub etgani va o‘tgan oy Angliya ligasi kubogi finalida “Arsenal”ni taslim qilganini inobatga olgan holda, Gvardiolada o‘zini ishonchli his qilish uchun barcha asoslar bor.
Biroq bosh murabbiyning aytishicha, u mashg‘ulot maydonida ko‘rayotganlariga e’tibor qaratadi va asosan tajribasi kam bo‘lgan jamoaga chempionlik poygasidagi bosimni engishga yordam berish uchun barcha ishni qilmoqda.
- Mening ishonchim mashg‘ulotlarda qanday ishlayotganimiz va futbolchilar nima qilish kerakligiga ishonayotganida. Ishonch aynan shu yerdan keladi.
O‘tmişdagi Premyer-ligadagi olti g‘alaba keyingi o‘yinda zafar quchishga ishonch bermaydi, chunki Ederson va Ilkay Gyundogan, Kevin De Bryune, Kayl Uoker, Manu Akanji kabi katta yutuqlarga erishgan ko‘plab futbolchilar endi biz bilan emas.
Hozir ko‘pchiligi yangi. Ko‘ramiz. Sherki hech qachon Premyer-ligada g‘olib bo‘lmagan, demak u bu vaziyatda qanday harakat qiladi? Jiji Donnarumma, Abduqodir Husanov ham bu yerda bunday holatda bo‘lmagan.
Niko O'Rayli birinchi marta haqiqiy o‘ynamoqda, Antuan Semenyo esa bir oy oldin keldi, Mark Gexi esa bir necha hafta avval bizga qo‘shildi.
Ko‘plab futbolchilar maydonga chiqib, hayotidagi birinchi Premyer-liga chempionligini yutmoqchi bo‘lishadi. Biz o‘zimizni qanday tutishimiz mumkin? Bilmayman. Mening maqsadim – yigitlarga: “Bu tez orada sodir bo‘ladi va biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz”, deb aytish.
Men ularni ishontirishga harakat qilaman va: “Kelinglar, boshlaymiz”, deyman. Shunday o‘ynash kerak. Ko‘p narsani nazorat qila olmaymiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Ta’kidlash joizki, muhim uchrashuv oldidan “Manchester Siti” bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda “Arsenal”dan olti ochkoga ortda qolmoqda. Shu bois Xosep Gvardiola shogirdlari o‘zaro to‘qnashuvda “Arsenal”ni yenggan taqdirda “Kristal Pэlas”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvda ham g‘alaba qozonishi talab etiladi.
Husanovga yana xushxabar
Xoland Husanovdan hayratga tushdi
Chempionlik jangida “Arsenal”ni to‘xtatish yana Husanovga topshiriladi
Fikrlar