Gvardiola endi klublarda ishlamaydi!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach, ingliz klubini tark etganidan keyin faoliyatida bir yillik tanaffus qiladi. 55 yoshli mutaxassisning klub futboliga qaytishi ehtimoli juda past. Bu haqida jurnalist Serxio Gonsales X ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida xabar qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Gvardiola faqat terma jamoada ishlash taklifini olsagina murabbiylik faoliyatiga qaytadi.
Ta'kidlanishicha, ispaniyalik mutaxassisning “Manchester Siti”dagi o‘rnini uning sobiq yordamchisi Enzo Mareska egalaydi. U Gvardiola ketganidan keyingi kundanoq vazifaga kirishish bo‘yicha kelishuvga ega.
Avvalroq bir nechta nufuzli insayderlar Gvardiolaning kelasi yozda “Manchester Siti”ni tark etishi haqida xabar berishgan edi.

Fikrlar