Gvardiola eng zo‘r uch jamoa nomini aytdi. Ular orasida “Siti” yo‘q!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Evropaning eng yaxshi uchta klubi nomini aytdi va bu ro‘yxatga o‘z jamoasini kiritmadi.
- “Arsenal”, “Bavariya” va ehtimol “Barselona” ham hozirgi paytda Evropaning eng yaxshi jamoalaridir, - dedi ispaniyalik murabbiy.
“Shaharlik” futbolchilar Angliya ligasi kubogi finalida aynan “Arsenal”ni mag‘lubiyatga uchratib, joriy mavsumdagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Gvardiola ushbu sovrinni besh marotaba qo‘lga kiritgan yagona murabbiy sifatida rekord o‘rnatdi.
Qiziqi shundaki, Gvardiola tilga olgan “Arsenal”, “Bavariya” va “Barselona” o‘z milliy chempionatlarida yetakchilik qilmoqda, shuningdek UEFA Chempionlar ligasining chorak finali ishtirokchilari hisoblanadi.

Fikrlar