Gvardiola: "Hozir o‘zimni xotirjamroq his qilyapman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premier-ligadagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.
"Hozir o'yinlarga tayyorgarlik jarayonida o'zimni o'tgan mavsumga nisbatan ancha xotirjam his qilyapman. Bir yil avval kun davomida Chempionlar ligasiga chiqa olmasak nima bo'ladi, deb o'ylardim. Bu menga juda kuchli ta'sir qilardi. Ligadan chiqib ketadigan jamoalar qanday holatga tushishini yaxshi tasavvur qilaman, chunki bu klub moliyaviy holatiga va boshqa ko'plab omillarga ta'sir ko'rsatadi.
Ammo hozir biz Liga kubogini yutdik, Angliya kubogi finaliga chiqdik va "Arsenal" bilan chempionlik uchun kurashyapmiz. Hammasi joyida", — dedi mutaxassis matbuot anjumanida.
Hozirda "shaharliklar" "Arsenal"dan 6 ochko ortda bormoqda, biroq raqib ikki o'yinga ko'proq maydonga tushgan. Bugun "Manchester Siti" safarda "Everton"ga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00'da boshlanadi.

Fikrlar